Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi
17:57 / 2019-12-23

Yangi yil arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “ Juo‘azshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 5-oilaviy poliklinikaning yangi binosi qurib bitkazildi.


Yangi yil arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “ Juo‘azshi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 5-oilaviy poliklinikaning yangi binosi qurib bitkazildi.

Yangi ob’ektning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi S.Turmanov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda, shu jumladan Orolbo‘yida tibbiyot sohasini isloh qilish, tibbiyot muassasalari uchun moslashtirilgan yangi binolar qurish, ularni ilg‘or va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi.

Joriy yilning Investitsiya dasturiga kiritilgan mazkur oilaviy poliklinika binosi uchun 5 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga qurib bitkazildi. Jami 30 nafar shifokor, 68 nafar patronaj hamshira mehnat qiladigan muassasada aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Eski binoda bunday imkoniyatlar yo‘q edi.

–Hududimizda 9 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 12 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan bo‘lib, 46 ming nafardan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatamiz, – deydi oilaviy poliklinika bosh shifokori Hamida Qurbashova. –Muassasamiz “Salomatlik-3” loyihasi asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Albatta, yangi binoning foydalanishga topshirilishi aholi uchun yangi yil tuhfasi bo‘ldi. Buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz.

Tadbir ishtirokchilari markazning yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.