Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinikada raqamlashtirish samaralari
15:21 / 2025-08-08

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida joylashgan 16-Oilaviy poliklinikada tibbiyot sohasini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda mazkur tibbiyot muassasasi Kelajak tongi, Sherbuloq, Sohil, Ishonch va Istiqbol mahallalarida yashovchi 40 mingdan ziyod aholiga birlamchi tibbiy sanitariya xizmatini ko‘rsatmoqda.

Tuman hokimi Jobir Abdullayev poliklinikada bo‘lib, joriy qilingan raqamli yechimlar va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Xususan, elektron navbat tizimi va onlayn qabul platformasi fuqarolarga uydan chiqmasdan turib shifokorlar qabul vaqtiga yozilish, tashrif vaqti va mutaxassisni belgilash imkonini yaratadi. Bu esa navbatlar qisqarishi, bemorlarning vaqt va xarajatlariga tejamkorlik kiritilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

[gallery-24660]

Ta’kidlash joiz, raqamlashtirish doirasida har bir bemorning elektron tibbiy kartochkasi shakllantirilib, shifokorlar bemor haqidagi barcha ma’lumotlarni tezkor bilish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, raqamlashtirish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va bemorlar ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan yangi yondashuv amaliyotga joriy qilinadi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA