Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy poliklinika 10 ming nafardan ziyod aholiga xizmat qiladi
12:13 / 2021-02-01

Toshkent viloyati Piskent tumanining chekka hududida navbatdagi yangi oilaviy poliklinika ish boshladi.

Shu munosabati bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev olis qishloqlarda ham birin-ketin zamonaviy tibbiyot maskanlarining qurilayotgani respublikamizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni namunali tashkil etish borasida amaliy ishlarning isboti ekanligini ta’kidladi. Ezgu tilaklar bilan birga poliklinika faoliyati uchun zarur "DAMAS" avtomobili va planshet topshirildi.

Yangi oilaviy poliklinika "Xoliqberdi" mahallasida joylashgan bo‘lib, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etildi.  

Zamonaviy ko‘rinish va tibbiyot yutuqlari tatbiq etilgan 100 qatnov quvvatiga ega muassasa to‘liq kompyuter bilan ta’minlangan, "elektron poliklinika" tizimiga ulangan. Ikki qavatli bino 48 xonadan iborat bo‘lib, UZI, EKG, fizioterapiya, laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan. 4 nafar oliy toifali shifokor, 30 nafar o‘rta tibbiyot xodimi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda "Xoliqberdi", "Oqtom" va "Taraqqiyot" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 10 ming 300 nafar aholi, hududdagi 5 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta harbiy qismni qamrab oladi.

– Ilgari bu yerda 1960 yilda qurilgan eski qishloq vrachlik punkti bo‘lib, aholining tibbiy ehtiyojlarini qondira olmas edi, – deydi hududda yashovchi Rafoat buvi Ergasheva. – Avvallari oddiy shamollash yoki tish og‘rig‘i bilan tuman markaziga borishga majbur bo‘lar edik. Yangi tibbiyot punkti qurilgani bizni juda hursand qildi. Ayniqsa, biz keksalar uchun zarur bo‘lgan EKG xonalari, UZI, fizioterapiya xizmati ham ko‘rsatilishidan mamnun bo‘ldik.

Endilikda piskentliklar "elektron poliklinika" tizimi yordamida o‘zlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmasdan shifokor qabuliga yozilishi, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishi, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin bo‘ladi.