Oilaviy nodavlat MTT ishga tushdi
Navoiy shahridagi “Farovon” MFYda “Madinam” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi.
Tadbirkor Dildora Baxtiyorova tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bog‘chada 4 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi. Ayni paytda bu yerda 20 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining malakali mutaxassislar jamoasi, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari, yotoqxona, oshxona, o‘yin markazlari barchasi bolajonlar xizmatida.
Maskanda ta’lim-tarbiya jarayoni o‘zbek va rus tillarida, mashg‘ulotlar esa “Ilk qadam” davlat dasturi asosida olib borilmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri