Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy nizolar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi
15:15 / 2025-11-26

Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Shu tufayli oilaviy nizolarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik, jabrlanganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Profilaktika, reabilitatsiya va tizimli himoya choralari yangi bosqichga ko‘tarildi. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) ham bu jarayonda xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, huquqiy madaniyatni oshirish, jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yo‘nalishida qator tashabbuslar va amaliy ishlar bilan faol ishtirok etmoqda. 

Partiyaning “Farovon oila” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda ham aholi o‘rtasida ochiq muloqot, huquqiy savodxonlikni oshirish va muammolarni o‘rganish bo‘yicha samarali maydon yaratilgan. O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi ham shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. 

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulshana Xudoyorova, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sevara Muslimova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Toshkent viloyat bo‘limi psixologi Ziynat Haytqulova, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori Zarina Arifjanova, tuman mas’ullari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari qatnashdi. 

Mazkur ochiq muloqot – partiyaning zo‘ravonlikka qarshi kurashdagi navbatdagi muhim amaliy qadami bo‘lib, unda ushbu yo‘nalishdagi huquqiy asoslar, amaliy tajriba va bugungi kun muammolari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Aytish joizki, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” aksiyasi doirasidagi ochiq muloqot bu boradagi islohotlarning mazmun-mohiyati va hayotiy ahamiyatini yanada keng yoritishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar xotin-qizlarni va bolalarni tazyiq hamda zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid huquqiy asoslar, amaliy tajriba va bugungi kundagi ilg‘or mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumotlar oldi. 

Partiya Toshkent viloyat Kengashi Ayollar muammolarini o‘rganish va ishbilarmonligini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Diyora Boltayeva tadbirning ahamiyatini qayd etib, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berishda davlat, jamoatchilik va fuqarolarning o‘zaro hamkorligi muhimligini ta’kidladi. 

Shuningdek, oilalardagi zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qonunchilik me’yorlari va huquqiy himoya instrumentlarini atroflicha tahlil etdi. Muloqot jarayonida aniq takliflar, mahallarda profilaktika tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi. 

Muhimi, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan ushbu ochiq muloqot ayollar va bolalar xavfsizligini ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish, davlat organlari va ijtimoiy muassasalar hamkorligini kuchaytirish, aholining xabardorligini yanada kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi. 

A.Musayev, O‘zA.