FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Mingchinor mahallasida 2016 yilda 16 nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan “Nafis sifat kiyim” oilaviy korxonasida bugungi kunga kelib 40 nafar kishining bandligi ta’minlangan.
Korxona 2024 yilda ichki bozorga 600 million so‘mlik kostyum-pidjak mahsuloti yetkazib berdi. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkichni 800 million so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.
[gallery-26078]
Tuman hokimi Jobir Abdullayev mazkur ob’ektda bo‘lib, korxona rahbari Rashid Samatov bilan muloqot qildi. Suhbatda ishlab chiqarish hajmini oshirish va mavjud muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirkor elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalani ko‘tardi va muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA