Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy korxona yirik ishlab chiqaruvchiga aylandi
11:42 / 2025-11-12

Buvayda tumanining “Begobod” MFYda istiqomat qiluvchi Davlat Abdullayev parrandachilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi.

–Men Fransiya taraqqiyot agentligi uzoq muddatli imtiyoli kreditlar ajratayotgani haqida eshitgandim, – deydi Davlat Abdullayev. – Shuning uchun uning Farg‘ona viloyatidagi vakiliga bu haqda murojaat qildim. Menga 3,2 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratdilar.

Oilaviy korxona kutilmaganda taklif etilgan imkoniyatdan samarali foydalandi. “MMM Golden Chiken 2022” korxonasi qiymati 4,5 mlrd so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirishga kirishdi. Endi bu oilaviy korxonada 27 ming bosh tovuq boqilmoqda. Korxona yiliga 8 mln. donadan ortiq tuxum yetishtira oladi. 

–Ayni kunlarda 2026 yil uchun chorvachilik loyihalarini shakllantirish ishlariga kirishildi. Buning uchun “Manzilli dastur” ishlab chiqildi.
–2026 yilda tijorat banklaridan imtiyozli kredit olgan holda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, qo‘ychilik, sut va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkor-fermerlar endi Fransiya taraqqiyot agentligi imtiyozli kreditlaridan foydalanishi mumkin, –deydi Agentlikning Farg‘ona viloyatidagi koordinatori Sanjarbek Ergashev.

Muhammadjon Obidov, O‘zA