English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy korxona tizimga 1,9 milliard so‘mlik zarar keltirdi – “O‘zenergoinspeksiya”
10:36 / 2026-01-26

“O‘zenergoinspeksiya”ning Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanidagi "E. B. B." oilaviy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish ob’ektida elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, mazkur korxona tarmoqqa ruxsatsiz ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik 1 milliard 969 million so‘mlik zarar keltirgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA