English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy korxona ish boshladi
16:54 / 2018-11-16

Andijon shahrining “Gumbaz” mahallasida “Sardor hamkor” deb nomlangan oilaviy korxona ish boshladi.


Andijon shahrining “Gumbaz” mahallasida “Sardor hamkor” deb nomlangan oilaviy korxona ish boshladi.

photo5436376282960079220.jpg

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, barqaror ishlashi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani natijasida ana shunday korxonalar soni va ularning iqtisodiyotimiz rivojiga qoʻshayotgan ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.

photo5436376282960079221.jpg

Oilaviy korxonaning aylanma mablagʻlari hamda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining viloyat boʻlimidan olingan 172 million soʻm kredit hisobiga ish boshlagan korxonada asosan ayollar uchun trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi.

– Ayni kunda korxonamizda bir necha turdagi ayollar liboslari tikilmoqda, – deydi oilaviy korxona rahbari Gulnoraxon Mirzayeva. – Mahsulotlarimizning sifati va bejirimligiga alohida eʼtibor qaratayapmiz. Bozorning talabi, buyurtmachilar taklifidan kelib chiqib, mahsulotlar turini koʻpaytirishni rejalashtirganmiz.

Hozirda korxona mahsulotlari asosan ichki bozorda sotilmoqda. Kelgusida mahsulotlarni qoʻshni Qirgʻiziston, Qozogʻiston davlatlariga eksport qilish koʻzda tutilgan.

Korxona faoliyat boshlashi bilan 80 nafar xotin-qiz doimiy ish oʻrniga ega boʻldi. Ularning samarali ish olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.