Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy bolalar uylari vakillari Senatga taklif etildi
09:20 / 2024-06-01

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan bog‘liq tadbirlar butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham keng nishonlanmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan Oilaviy bolalar uylarining bir guruh vakillari Senatga taklif etildi.  

Aytib o‘tish kerakki, Oilaviy bolalar uylari Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida tashkil etilgan bo‘lib, bu maskanlarga Mehribonlik uyida tarbiyalanayogan bolalar qabul qilingan va ular oila muhitida tarbiya qilinmoqda. Ayni paytda yurtimizda yuzdan ziyod shunday maskan bor. 

Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan ota-onalar 5-6 nafardan yetim bolalarni o‘z bag‘irlariga olib, ularga otalik, onalik mehrini bermoqda.  

Samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda davlatimiz tomonidan bolalarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, Mehribonlik uylarining o‘rniga Oilaviy bolalar uylari tashkil etilgani, oila muhitining ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga chiqarish borasida ishga solinayotgan  imkoniyatlar yuzasidan qizg‘in fikr almashildi.

Ahamiyatlisi, bolalarning o‘zlari ham muloqotda faol qatnashib, o‘z fikrlarini bayon qildi.  

Senatorlar o‘zlari saylangan okruglarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Oilaviy bolalar uylariga har tomonlama ko‘maklashib turish bo‘yicha fikrlar bildirdi.  

Shu bilan birga, ko‘rib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning bolalar manfaatlariga mos kelishi, bu yo‘nalishda qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosi ustidan parlament nazoratining qat’iy olib borilishi belgilab olindi.

         N.Abduraimova, O‘zA