Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilalarning ijtimoiy ahvoli yaxshilanishiga ko‘mak berilmoqda
10:17 / 2022-08-21

bugungi kunda hokim yordamchilari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbarlari birgalikda har bir mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Toshkent shahri 4-sektor rahbari, shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Yunusjon Nasimjonov rahbarligidagi ishchi guruh aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, aholining qiynalgan qatlamiga yordam berish yo‘lida muayyan ishlarni amalga oshiryapti. Poytaxtimizning barcha tumanlari bo‘ylab Hokim yordamchilari va Yoshlar yetakchilari faoliyatini tahliliy o‘rganish hamda ular bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirishdek saxovatli ishlarga bosh bo‘layapti.

Masalan, yaqinda Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan fuqarolardan yashash joyiga chiqqan holda xabar olindi. Mazkur tumanning «Posira» mahallasi hokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisi bilan birgalikda 5-A yotoqxona 7-xonada istiqomat qiluvchi Nargiza Yusupovaga umumiy foydalanish uchun isitgich pechi topshirildi. Ushbu yotoqxonaning 6-xonasida istiqomat qiluvchi Dilnoza Odilovaga ham isitgich pechi taqdim etildi.

Shuningdek, tumanning "Yangitarnov» MFYda istiqomat qiluvchi oilaviy tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan Shahlo Tillayevaga tikuv mashinasi va Overlo uskunasi taqdim etildi. Endilikda ushbu fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, birinchi navbatda o‘z oilaviy sharoitini yaxshilashga erishsa, ikkinchidan, mahalladoshlarini ham ish bilan ta’minlashga ko‘makchi bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Yunusobod tumanining «Buyuk Turon» mahallasida istiqomat qiluvchi «Ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolar Gulnora Egamova va Nargiza Fayzullayevaga uy sharoitida qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish maqsadida pishiriq tayyorlash uchun elektropech hadya etildi. Fuqarolar ko‘rsatilgan yordamdan manfaatdor bo‘lib, sektor rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Ko‘rsatilayotgan yordamlardan ko‘zlangan maqsad ham oilalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, shu orqali butun mahalla ahliga ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

 

M. Komilova, O‘zA