Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish millat va kelajak poydevori” mavzusida Uzun tumanining olis hududlardan hisoblangan “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif uyushtirildi.
Tashrifdan maqsad milliy va diniy qadriyatlar asosida aholi o‘rtasida oilaviy nizolar, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, ona va tug‘iladigan bola salomatligiga ta’siri to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat.
Bir guruh mas’ullar mazkur mahalladagi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga zarur xo‘jalik buyumlari, oilalarda kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida badiiy adabiyotlardan iborat kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.
[gallery-4820]
Tadbir yakunida hududdagi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA.