Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oiladagi zoʻrovonlik bilan bogʻliq murojaatlar kamaydi
11:57 / 2020-05-03

Pandemiya tufayli joriy etilgan karantin tufayli ayrim muammolar, jumladan oilalalardagi munosabatlarda keskinliklar ham kuzatildi.


Pandemiya tufayli joriy etilgan karantin tufayli ayrim muammolar, jumladan oilalalardagi munosabatlarda keskinliklar ham kuzatildi.

Oila boshliqlarining ayollariga zoʻrovonlik qilishi, hatto hayotlariga xavf tugʻdiruvchi harakatlar sodir etishi kabi holatlar qayd etildi. Bunga barham berish, ayollarni himoya qilish maqsadida Gender tenglik masalalari komissiyasi tashabbusi bilan “Ishonch telefoni” yoʻlga qoʻyildi.

“Ishonch telefoni”ga joriy yil 17-23-aprel kunlari 203murojaat kelib tushgan boʻlsa, har bir murojaat boʻyicha xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan zarur choralar amalga oshirildi.

Amaliy harakatlar boshlangani uchun “Ishonch telefoni”ga tushayotgan murojaatlar kamaya boshladi. 24-30-aprel kunlari bu koʻrsatkich 137 tani tashkil etdi. Murojaatlarning 131 tasi ijobiy hal etilishiga erishilgan.

“Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarda koʻtarilgan muammolarni hal etishda Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiya, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, Reabilitatsiya va moslashtirish markazlari hamda Gender komissiyasi qoshidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faollik koʻrsatgan.