O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.
Qo‘mita oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritadigan alohida maqomga ega respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. Ўз faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Qo‘mita o‘z faoliyatini respublika va madalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Uning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi va ushbu Jamg‘armaning nizomi ham tasdiqlandi.
O‘zA