Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila totuvligi va xotin-qizlar manfaati doimiy e’tiborda
12:44 / 2022-05-04

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Nargiza Tojiboyeva hamrohligida Mirzaobod tumanidagi Bog‘iston, Dehqonobod mahallalari va Guliston shahridagi Sayqal, Ahillik, Bo‘ston mahallalaridagi xotin-qizlar faoli lavozimiga saralab olingan nomzodlar bilan uchrashdi.

Dastlab Bog‘iston mahallasida bo‘lib, ayollar balansini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish ishlari bilan qiziqdi.

Dehqonobod mahallasida esa 5923 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2900 nafari ayollar va ularning 57 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Bu yerda ayollar balansini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda.

Shuningdek, Ozoda Parpiboyeva Sirdaryo viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi Mirzaobod filialida kasb-hunarga o‘qitilayotgan ayollar bilan suhbatlashdi.

Markaz 2020 yilda Janubiy Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi homiyligida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda pazandachilik, tikuvchilik, IT yo‘nalishlaridagi 2 oylik o‘quv kurslarda tuman yoshlari va xotin-qizlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar jami 2669 nafar xotin-qizda tadbirkorlik ko‘nikmalari oshirildi.

Navbatdagi manzil Guliston shahrining Sayqal, Bo‘ston, Ahillik mahallalari bo‘ldi.

Sayqal  mahallasida 1402 ta xonadonda 6337 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 3051 nafarini ayollar tashkil etadi. Mahalla xotin-qizlar faoli Nazira Hayitovaning faoliyati, me’yoriy hujjatlar yuritishi va Ayollar balansini shakllantirish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish ishlari  namunali tashkil etilganligi e’tirof etilib, uning ish tajribasini barcha tuman-shaharlar mahalla faollari orasida ommalashtirish taklif etildi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi Sirdaryo hududiy bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Markaz tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 70 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Murojaatlar natijasida 10 nafar fuqaro markazga joylashtirilgan, 19 nafariga himoya orderi berilgan. Ishonch telefon raqamiga 19 ta murojaat qabul qilinib, barchasi ijobiy hal etilgan.

Sirdaryo viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalar, yangi tuzilmaning maqsad va mohiyati, oila, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA