Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila mustahkamligi jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi
17:58 / 2025-07-10

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi, Sudyalar oliy kengashi va Toshkent viloyat sudlari hamkorligida joylarda notinch oilalarni mustahkamlash va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangan amaliy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanida mas’ullar tomonidan notinch oilalar va sudga ajralish masalasida murojaat qilgan er-xotinlar va ularning ota-onalari bilan muloqot tashkil etildi. Unda notinch oila vakillari bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, oltita oilani yarashtirishga erishildi. Shuningdek, yana beshta oila tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘rganish uchun biriktirilib, ular bilan profilaktik ishlar olib borish belgilab olindi. 

Quyi Chirchiq tumanida o‘tkazilgan muloqotda ham mavjud muammolar o‘rtaga tashlandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuman FXDYO bo‘limida o‘tgan olti oy mobaynida 79 ta ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari qayd etildi. Shundan ayrimlari sud qarorlariga va o‘zaro rozilik bilan bo‘lgan. 

Tadbirda yoshlarning oilaga tayyor emasligi, ayrim er va xotinning bir-biri, farzandlari, jamiyat oldidagi burch va majburiyatlarini bilmasligi, nikohning muqaddasligini anglamasligi ham oilalarning buzilib ketishiga olib kelmoqda. Muhimi, oilalardagi kelishmovchilikka sabab bo‘layotgan ba’zi holatlar juda jiddiy ekani tufayli bu masalalarga yuzaki yondashish salbiy oqibatlarga olib kelishi ta’kidlandi. 

A.Musayev,O‘zA.