Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila - mehr va baxt qo‘rg‘oni
11:20 / 2025-08-11

Surxondaryo viloyati Termiz tumani Gulbahor mahallasida yashovchi Shodigul Norchayeva saxovatli qalb egalaridan.

Shodigul opa o‘g‘li va kelini bilan Moskva shahrida mehnat qilib yurgan kezlari to‘rt nafar vatandosh bola ota-onasidan ayrilib, himoyasiz qoladi. Bu go‘daklarga mehr, parvarish va eng asosiysi, oila zarur edi. Shunday og‘ir damda Norchayevlar oilasi hech ikkilanmay, bu bolalarni o‘z bag‘riga oladi. 

Oila maslahatlashgach, Islom, Umid, Aminaxon va Mubinani O‘zbekistonga olib keladi. Kerakli huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi, vasiylik masalasi hal etiladi. 

[gallery-24695]

Hozirda bolajonlar Norchayevlar oilasida, ota-ona mehri va e’tiborini his etib ulg‘aymoqda. Islom, Umid va Aminaxon maktab o‘quvchisi, Mubina esa maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydi. 

Mahalla ijtimoiy xodimi Otabek Mengliyev oilaga bolalarni ijtimoiy himoyalash borasida tegishli yordam ko‘rsatdi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi ham bu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shdi.

Bugun bolalar mehrli oila quchog‘ida ulg‘aymoqda. Ular orzu qiladi, kuladi, bilim oladi, buning zamirida esa saxovatli yuraklarning jasorati yotibdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/_EcpBsySkXY?si=S2uYZjdSkg_NGMKJ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA