Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila – maktab – mahalla hamkorligi amalda deyarli sezilmayapti
16:51 / 2020-01-22

Prezidentimizning shu kabi doimiy sa’y-harakatlari sababli jamiyat hayotining turli jabhalarida avvallari misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz beradi.


Davr nafasi 

Aslida davlatimiz rahbarining u yoki bu hududga safari yoki yangi ob’ektlarning ishga tushirilishi, yig‘ilishlardagi nutqlari yoxud ijodkor ziyolilar, oddiy odamlar bilan muloqotlarini hamyurtlarimiz doimo alohida diqqat-e’tibor bilan kuzatib boradi, tinglaydi. 

Prezidentimizning shu kabi doimiy sa’y-harakatlari sababli jamiyat hayotining turli jabhalarida avvallari misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz beradi. Mana bir necha yildirki, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi qabul qilinmoqda. Bu xalqimiz hayotini yanada yaxshilash, Vatanimizni obod etish, uni ravnaq toptirish, odamlar og‘irini yengil qilish, sohalarga oid ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan ulkan rejadir. 

Balandparvozlikdan xoli bo‘lgan, hayotiy, ravon, xalqchil, amaliy ruhdagi bu chaqiruvni kasbi-kori, millati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, xalqimiz katta e’tibor va jiddiy kutib oladi. Negaki bu nainki turli vazirlik va idoralar, tashkilotlarning mutasaddilariga, barcha-barchamizga daxldor voqelikdir. Unda turli jabhalarga oid muammo va kamchiliklar aniq va ravshan ochib berilishi bilan birga, dolzarb masalalarning aniq yechimlari ham ko‘rsatib o‘tilishi e’tiborga molikdir. Murojaatnoma nainki sohalar rivojida, balki odamlar, ularning farzandlari hayotida ham o‘zining ifodasini topmoqda. 

Davlatimiz rahbarining o‘tgan yili Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishga doir masalalarga alohida e’tibor qaratilgan edi. 2019 yil davomida pedagoglarning mehnatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy muhofazalash, ishga bo‘lgan ijodiy yondashuvi va rag‘batini kuchaytirish bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlar hayotga joriy etildi. O‘qituvchining ish haqini oshirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Bunda nainki umumta’lim maktablari, balki Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar, bolalar musiqa va san’at maktablarining pedagoglari mehnatini e’zozlash bo‘yicha ko‘plab amaliy ishlarga qo‘l urildi. Ta’limni sifat jihatdan yanada yaxshilash, o‘qituvchilarni ularga taalluqli bo‘lmagan yumushlarga jalb etmaslik borasida yaxshi tashabbuslar hayotga joriy etildi.

Shu bilan birga sohada hali yechimini kutayotgan dolzarb masalalar ham borligi afsuslanarlidir. Oila – maktab – mahalla hamkorligi amalda deyarli sezilmayapti. Ularning har biri o‘z holicha faoliyat yuritayotir. Bir bolaga yetti qo‘shni yoki yetti mahalla ota-ona, degan maqol, taassufki, faqat kitoblardagina qolgandek. Bu esa yosh avlod tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, albatta. Ayrim ota-onalar o‘z farzandining tarbiyasi, bilim olishi, ma’naviy-axloqiy kamoloti uchun qayg‘urmaydi. Bu yumushni faqatgina maktab, o‘qituvchilar zimmasiga yuklab qo‘ygani bor haqiqat. Ayrim paytda bu kabi holatlar yoshlardagi mas’uliyat tuyg‘usi susayishiga, huquqbuzarlikka moyillikka olib kelmoqda. Nazarimda bunday mas’uliyatli yumushga birgalashib, hamjihatlikda yondashilsa, natija ham kutilganidek bo‘lishiga sira shubha yo‘q. 

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2020 yilgi Murojaatnomasidan mamlakatimiz hayotiga daxldor ko‘plab masala bilan birga ta’limda korrupsiyaga to‘liq barham berish, yoshlar tarbiyasi, maktablarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ijtimoiy soha rivojiga, ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan yanada ko‘proq e’tibor mustahkam o‘rin olishiga ishonaman. 

Nargiza ISLOMOVA,
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi
313-maktab o‘qituvchisi.