Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila — jamiyat va davlat himoyasida
12:21 / 2023-02-17

Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni asrab-avaylash, farovonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Zero, oilada milliy qadriyat va an’analar rivoj topishi bilan birga ertangi kunimiz egalari — farzandlar kamolga yetadi.

Andijon viloyat prokuraturasi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda ham ana shu masalalarga e’tibor qaratildi.  

Tadbir davomida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i Otabek Salmonov aliment undiruvlariga oid sud hujjatlari ijrosi borasida batafsil ma’lumotlar berdi.  

Jumladan, ayni paytda byuroning viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari ish yurituvida jami 33 464 ta aliment bilan bog‘liq ish hujjati bo‘lib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.  

30 100 ta bank plastik kartasi ochilib, undiruvchilarga bepul tarqatilganligi, 82 mlrd. so‘m aliment qarzdorligi plastik kartalarga undirib berilganligi qayd etildi.  

Aliment to‘lovchi oilalarni yarashtirish va sog‘lom turmush tarziga qaytarish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 9 171 nafar oila yarashtirildi va 3 330 nafar qarzdor ishga joylashtirildi.  

Bundan tashqari, aliment qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan 94 nafar qarzdorning javobgarlik masalasi hal etildi.  

Ma’ruza qiluvchilar tomonidan oilaviy ajrimdan eng avvalo, voyaga yetmagan go‘daklar aziyat chekishi, oilasi buzilgan aksariyat erkaklar ayolining, farzandlarining moddiy ta’minoti, ruhiyati, tarbiyasiga, afsuski, e’tibor qilmayotgani yuzasidan fikrlar bildirildi.  

Tadbir doirasida 50 mln. so‘mga yaqin aliment puli undirilib, voyaga yetmaganlarning huquqi tiklanishiga hamda 4 nafar oilaning yarashtirilishiga erishildi.  

 

Shuhrat NE’MATOV, O‘zA