Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi
19:50 / 2023-08-30

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli bo‘ladi, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, bandligi, tadbirkorligi, salomatligini asrash, qizlarga e’tibor, ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy faol ayollar salmog‘i oshib borayotgani, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mehnatlari munosib rag‘bat topayotgani, sport, sanat, fan-ta’lim kabi sohalarda erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etdi. Dillarda shukronalik hissi bilan Vatan, oila, tinchlik qadrini madh etdi.

Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oila institutini hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlash ishlarida faolligi uchun bir guruh “Oqila ayollar” harakati yetakchilari va faol ayollar boshqarmaning tashakkurnomalari hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyati Kengashi tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Zarif Komilov, O‘zA