French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila – baxt va halovat qo‘rg‘oni
17:50 / 2023-07-31

Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Guliston shaharlararo va tuman qo‘riqlash bo‘limlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda dastlab, mamlakatimizda Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar, xodimlar faoliyatida yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi. Boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarning oila a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlab, bugungi kunda sodir etilayotgan intizom buzilish holatlari, yo‘l transport hodisalari, turli tamagirlik holatlari va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.  

Tadbir so‘ngida sohada xizmat olib borish davomida zimmasiga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarning oila a’zolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.  

Sh.Suyarov, O‘zA