Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ohanglar sadosi" do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydi (+video)
14:43 / 2025-06-20

Har qanday sohada, yo‘nalishlarda o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, qo‘shma dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar katta yuksalishlarga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Buyuk Britaniya Qirollik polki harbiy orkestrlari jamoalarining ijodiy hamkorligi harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi jangovar qo‘shiq va kuylarning yaratilishiga zamin yaratayotgani bilan e’tiborlidir.  

Toshkentdagi Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida Buyuk Britaniya Qirolligi Yorkshir polki orkestri va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi namunali-ko‘rgazmali harbiy orkestri hamkorligida o‘tkazilgan "Ohanglar sadosi" konsert dasturida ijro etilgan o‘ndan ortiq betakror kuy va qo‘shiqlar  unutilmas taassurotlarni qalblarga muhrladi. Dillarga bir olam zavq ulashdi.   

Mahoratli dirijyorlar rahbarligidagi orkestrlar guruhlarining harbiy yurishlari va zamonaviy musiqiy kompozitsiyalardan iborat kuy-qo‘shiqlar, sahnadagi uyg‘unlik va har bir kuyda aks etgan ruh do‘stlik rishtalarining mustahkamlanishiga, qadriyatlarni ulug‘lashga, madaniy aloqalar rivojini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan qadrlidir.   

Mazkur ijodiy uchrashuv sohadagi ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash va tajriba almashish yo‘lida muhim qadamlardan bo‘ldi.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/p-x2FMaURxQ" title="&quot;Ohanglar sadosi&quot; do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev,

X.Abrayqulova, A.Ahmedov (video), O‘zA