Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaronda xitoylik hamkorlar bilan yangi loyiha tatbiq etilmoqda
14:52 / 2020-06-23

Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSH dollaridan iborat boʻlib, uning atrof-muhitga taʼsiri kam boʻladi.


Ohangaron tumanining “Oybuloq” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “EKO-KERAMIKA” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi tomonidan xitoylik hamkorlar bilan birgalikda 3 gektar maydonda zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan gʻisht zavodi barpo etilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSH dollaridan iborat boʻlib, uning atrof-muhitga taʼsiri kam boʻladi.

Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga 70 million dona pishgan gʻisht ishlab chiqariladi. Shuningdek, mahalliy aholi uchun 50 ga yaqin yangi ish oʻrni ham yaratiladi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, mazkur zavod joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.