French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaronda charm sanoati rivojlanadi
11:49 / 2025-09-23

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Ohangaron tumani “Ubayd” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Charm mahsulotlariga ixtisoslashgan sanoat zonasida tadbirkorlar, loyiha tashabbuskorlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yerda dastlabki bosqichda 15,7 gektar maydonda Charm klasteri tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Yaqinda Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlovi bilan yana qo‘shimcha 20 gektar yer ajratildi. Sanoat zonasida tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida kommunikatsiya, tozalash inshootlarining loyihalari ishlab chiqilmoqda. 

Muloqotda sanoat zonasida faoliyat boshlaydigan korxonalarda ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil etish, yerdan maqsadli foydalanish, sifatli yo‘l-transport, kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish borasidagi tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Aloqador mutasaddilar va tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi. Shu bilan birga, o‘tkazilgan taqdimotlarda rejalashtirilgan loyihalarning joylashuvi, kutilayotgan natijalar haqida axborot berildi. 

– Prezidentimiz juda katta ishonch bildirib, charm sanoatiga ixtisoslashgan loyihalar ro‘yobi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berdi, bizdan faqat ularni o‘z vaqtida, sifatli ro‘yobga chiqarish talab etiladi. Bu sanoat zonasida barcha loyihalarni shaxsan o‘zim nazorat qilaman. Bu yerda ko‘proq tayyor mahsulot yaratishga e’tibor qaratamiz. Kerak bo‘lsa, charm mahsulotlari bo‘yicha jahonning eng mashhur brendlarini olib kelamiz, – deydi viloyat rahbari Z.Mirzayev. 

Muloqot davomida Respublika ishchi guruhining Ohangaron tumaniga biriktirilgan vakili Erkin O‘rolov ham qatnashdi va olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, hozir viloyatda 56 ta kichik va 15 ta yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan. 1,96 trillion so‘mlik 202 ta loyiha ishga tushirilib, 83,2 million dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan hamda 6,9 ming nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 

Endilikda qiymati 1,9 trillion so‘mlik 135 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Sanoat zonalarda o‘tgan 8 oy davomida 4,8 trillion so‘mlik (139 foiz o‘sish) mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 23 ta davlatga 39 ta korxona tomonidan 113,6 million dollarlik (178 foiz o‘sish) mahsulotlar eksport qilindi. 

A.Musayev, O‘zA.