Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:14 / 2023-08-12

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Abdullayev Abdurasul Ne’matovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Muhiddinov Erkin Madorbekovich Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi.  

E. Muhiddinov 1976 yil Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yil Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktab (IDEAS-JETRO, Yaponiya) larini tamomlagan.  

Tayinlovga qadar E.Muhiddinov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.  

O‘zA.