Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaron tumanida tadbirkor bo‘lish istagidagi yoshlar uchun seminar o‘tkazildi
15:26 / 2017-03-14

Ohangaron tumanidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun tijorat banklari va boshqa tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, qishloqlarda oilaviy biznesni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Ohangaron tumanidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun tijorat banklari va boshqa tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, qishloqlarda oilaviy biznesni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatlarini o‘rganish, ularga amaliy yordam berish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi, – deydi “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi M.Qodirxonova. – Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, joylarda keng aholi qatlami, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada keng targ‘ib qilish, bu borada zarur tavsiyalar berish maqsadida amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar doirasida o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlar va oilalarning biznes rejasi o‘rganilib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Seminarda “Bank xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?”, “Biznes reja va kredit ajratish tartibi”, “Kredit turlari va garov ta’minoti”, “Soliq stavkalari, soliq hisobotlari, imtiyoz va preferensiyalar”, “Kollej bitiruvchisi uchun to‘rt tomonlama shartnomaning ahamiyati” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

– Mutaxassislardan tadbirkorlikka doir qonunchiligimizga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, berilgan imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risidagi savollarimga atroflicha javob oldim, – deydi Ohangaron sanoat kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Sh.Safarov. – O‘qishni tamomlaganimdan keyin aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etish niyatidaman. Bu biznes rejamga ko‘ra, dastlab yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritaman. Keyinchalik elektrotexnika jihozlarini ta’mirlash xizmati turini kengaytirib, ularning savdosini ham yo‘lga qo‘ymoqchiman.

Seminarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari hamda “Biznesni tashkil etish va yuritish” amaliy qo‘llanmasi berildi.