French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaron tumanida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi
18:05 / 2021-01-25

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “PAK-MERIT BLEACHING CLAY” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi zavod qurilmoqda.

Aktivlashtirilgan oqartiruvchi gil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur loyihaning umumiy qiymati 7,52 million dollarini tashkil etadi.  

Mazkur mahsulot maydalangan bentonit bo‘lib, yuqori faol adsorbentga asosan o‘simlik moylari va neft sanoatidagi yog‘larni rangsizlantirishda foydalaniladi. Ya’ni, kundalik turmushda ishlatiladigan o‘simlik moylarini iste’molga yaroqli holga keltirishda foydalaniladigan poroshok hisoblanadi.  

Zavod ishga tushgach, yiliga 10 ming tonna aktivlashtirilgan gil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Mahsulotning 20 foizi ichki bozorni to‘ldirishga yetarli bo‘lib, 80 foizini Pokiston davlatiga eksport qilish mo‘ljallangan. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyolar, xususan, bentonit Navoiy viloyatidan, sulfat kislota esa Olmaliq shahridan (OKMK) olib kelinishi ko‘zda tutilgan.  

Hozirga qadar investorlar tomonidan jami 5,1 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Ajratilgan yer maydonida qurilish-montaj ishlari yakunlanmoqda. Xitoy kompaniyasi tomonidan 2,97 million dollarlik texnologik asbob-uskunalar keltirilgan. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Aktivlashtirilgan gil mamlakatimizga yuz foiz import kilinayotgan mahsulotlardan hisoblanadi. Zavod ishga tushgach, importga to‘liq barham beriladi.  

A.Musayev, O‘zA