English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ohangaron Tech Industrial” texnoparki tashkil etiladi
20:32 / 2023-01-27

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki tashkil etiladi.

Texnopark hududida joylashtiriladigan loyihalar uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan, tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi to‘liq yaratiladi.

Hududni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiya qurish ishlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi ( 2022 yil 6 iyundagi 271-son) qaroriga muvofiq 15 ta mebelchilik sanoat zonalari tashqi infratuzilma xarajatlari uchun 55,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Texnoparkning tashqi elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish ishlari bo‘yicha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari buyurtmachi etib belgilandi.

Elektr uzatish tarmog‘i va podstansiya qurish ishlari uchun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga respublika byudjetidan 5 yil muddatga qaytarish sharti bilan (1 yillik imtiyozli davr)ga byudjet ssudasi;

tabiiy gaz tarmog‘ini qurish ishlari uchun “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatiga 3 yil muddatga qaytarish sharti bilan byudjet ssudasi ajratiladi.

O‘zA