Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohangaron shahrida har bir mahalla idorasiga yangi kompyuter jamlanmasi tarqatildi
14:03 / 2020-12-05

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Toshkent viloyati Ohangaron shahrida bo‘lib, mahalla raislari va shahar fuqarolari bilan uchrashdi.

 Unda tizimda olib borilayotgan islohotlar, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi farovonligini ta’minlash lozimligi qayd etildi.    

 Jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik totuvlikni ta’minlashda mahallaning o‘rni beqiyos.  Shu tufayli aholi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

 Tadbirda fuqarolar yig‘inlarining moddiy texnika ta’minotini yaxshilash, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Ohangaron shahar hokimligi tomonidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri ishtirokida shahardagi 21 ta MFYning har biriga zamonaviy kompyuter jamlanmasi va rangli printerlar taqdim etildi.  

 Maqsad mahalla raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari va boshqa ijtimoiy soha vakillari bilan onlayn hamkorligidagi ishlariga ko‘maklashishdir.  

 - Ushbu texnikalarga juda ehtiyojimiz bor edi, - deydi “Baxt" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sohiba Dadayeva.  - Idoramizda kompyuterlarning yetishmasligi  mutaxassislarimizni ishlashiga qiyinchilik bo‘lardi. Endi bu masalalar ijobiy yechim topdi. Shahar hokimligi har bir mahalla idorasiga internet tarmog‘ini ham tortib, onlayn aloqani ta’minlash choralarini ham ko‘radigan bo‘ldi. Biz bundan juda mamnunmiz.    

 A. Musayev, O‘zA