Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ohalik – Oqbo‘yro – Mironko‘l” turistik-rekreatsion zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:10 / 2024-02-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Ohalik – Oqbo‘yro – Mironko‘l” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Samarqand tumanida umumiy maydoni 1 697 gektar bo‘lgan "Ohalik", umumiy maydoni 414 gektar bo‘lgan "Oqbo‘yro" hamda umumiy maydoni 2 545 gektar bo‘lgan "Mironko‘l" tog‘ turizmi loyihalaridan iborat bo‘lgan "Ohalik - Oqbo‘yro - Mironko‘l" turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi.

Buning uchun Samarqand tumani hokimligi huzurida davlat muassasasi shaklida "Ohalik - Oqbo‘yro - Mironko‘l" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu qaror bilan "Ohalik", "Oqbo‘yro", "Mironko‘l" tog‘ turizmi loyihasi chegaralarining tavsifi;

"Ohalik - Oqbo‘yro - Mironko‘l" turistik-rekreatsion zonasi hududida turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;

"Ohalik - Oqbo‘yro - Mironko‘l" turistik-rekreatsion zonasi va unga olib boruvchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

Mazkur turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024 yil 1 avgustga qadar "Ohalik", "Oqbo‘yro" hamda "Mironko‘l" tog‘ turizmi loyihalari hududlari zamonaviy ekologik talablar asosida tez quriladigan modulli va kapsulali joylashtirish vositalari, o‘tov va avtokemping lagerlarini barpo qilishga ixtisoslashtirish orqali taqdim etiladigan xizmatlar turini kengaytirish;

tog‘ turizmi loyihalari hududini o‘zaro bog‘lvchi kemping lagerlari va piknik zonalar mavjud bo‘lishi imkoniyatini inobatga olgan holda turistik so‘qmoqlarning joylashuvini belgilash;

tog‘ turizmi loyihalari hududlarini "ziplayn", "banji-jamping" va "zorbing" attraksionlari, kanatli park, dor yo‘llari, deltaplan va paraplan yoki havo sharida uchish kabi ekstremal turizm yo‘nalishi faoliyatini tashkil qilishga ixtisoslashtirish;

tog‘ turizmi loyihalari hududidagi elektr tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish hamda ularning hududida maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish;

tog‘ turizmi loyihalari hududida o‘rnatiladigan yo‘l ko‘rsatkichlari va namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish hamda chiqindilarni tashlash nuqtalarini belgilash;

suvenirlar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi ob’ektlarini joylashtirish ishlari amalga oshiriladi.

                                                                                                   O‘zA