Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ohak ishlab chiqarish sexi 1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan
12:17 / 2023-11-30

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

"O‘zenergoinspeksiya" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi R.Y. ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz tarmoqqa noqonuniy ravishda ulangan. Ushbu holat tufayli davlat manfaatlariga 1 milliard so‘m zarar yetkazilgan.  

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA