Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘u tarqatuvchi “zakladchik”lar fosh etildi
13:39 / 2025-11-11

Keyingi paytlarda giyohvandlik moddalari tarqalishiga qarshi keng ko‘lamli kurash olib borilmoqda. Ushbu illatning yoshlar orasida ommalashishi esa juda achinarlidir.

Yuqori Chirchiq tumani Fayziobod mahallasi hududida viloyat IIBB 2 mintaqaviy hudud Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi. 

Xizmat davomida shubhali harakat qilgan 25 yosh atrofidagi ikki shaxs xodimlar e’tiborini tortdi. Fuqaro (J.M. va J.A.)larga tegishli “Onix” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada avtotransport vositasidan 530 dona turli hajm va ko‘rinishda qadoqlangan sintetik giyohvand moddalar hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Barcha topilgan moddalar IIB tezkor xodimi ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositalarini yashirin joylarga (“zakladka” usulida) joylashtirish maqsadida olib kelgan. Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ta’kidlash lozim, giyohvandlik moddalari bilan qonunga xilof muomala qilish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

A.Musayev, O‘zA