Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘g‘rining borar joyi...
20:05 / 2021-04-30

“Birovning moli boshqaga buyurmas”, deydi dono xalqimiz. Kimningdir mulkini nopok yo‘l bilan o‘zlashtirib olgan bilan, u ikki barobar bo‘lib, boshqa yo‘l bilan chiqib ketadi, degan gaplarni ham ko‘p bora eshitganmiz. Lekin bunga hamma hamisha ham amal qilavermaydi.

O‘g‘irlikni o‘ziga kasb qilib, bu ish qon-qoniga singib ketgan kimsalar, arzimagan narsa bo‘lsa ham o‘g‘irlamasa, ko‘ngli tinchimas ekan. Bekorga “o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, demaydi. Bu illatni kasb qilib, zavqlanadiganlar ham afsuski, oramizda bor.

Xovoslik Said Amrulloyev (maqoladagi personajlarning ismi-sharifi o‘zgartirildi) eski hamtovog‘i Yangiobod tumanida istiqomat qiluvchi Javlon Xanucharovning uyiga boradi. U yerda biroz “otamlashgan” ikki sherik Yangiobod tumani bo‘ylab “kichik sayr”ga chiqadi.

Buyurib qo‘ysa quliga, chiqarib qo‘yar yo‘liga, deganlaridek, Javlon va Saidning yo‘lidan, ya’ni Yangiobod tumani Havotog‘ qishloq fuqarolar yig‘ini fermer xo‘jaligi dalasida qarovsiz o‘tlab yurgan 2 bosh ot chiqib qoladi. Javlon Saidni bir qarashdayoq nima demoqchiligini tushunib oladi. “Atrofni ko‘zdan kechirish lozim”ligiga ishora qiladi.

– Hech kim ko‘rinmaydi, “gumdon” qilishning ayni vaqti, – deydi Said.

– Otlarni hurkitmay, ushlab olib, ko‘zdan uzoqroqqa yashirish qoldi. Qolganini yo‘l-yo‘lakay pishitaveramiz, – deydi Javlon...

O‘g‘rilar, o‘g‘rilangan otlarni Jizzax yoki Sirdaryo bozorida sotaylik, desa, otlar ularniki emasligini darrov tanib qolib, qo‘lga tushishlari hech gap emasligi, ularni Toshkent viloyati, qazichilar koni – Oqqo‘rg‘onga olib borib sotgan ma’qulligini, otlarni yaxshigina eti borligi, u yerda, bu otlarga durustgina haq berishini aytib, Said, “Otlarni o‘sha yoqqa olib boramiz, men u yoqlarni yaxshiroq bilaman”, deb ishni pishitadi.

“Ikki do‘st” o‘g‘rilangan otlarni Xovos orqali avval Shiringa, keyin Bekobodga, so‘ngra Oqqo‘rg‘onga olib o‘tadi.

O‘g‘rilarning birlari “otli boy”, ikkinchisi “dallol” bo‘lib otlarni Oqqo‘rg‘ondagi mol bozoriga olib tushadi. Va aynan shu yerga kelganida, o‘g‘rilarning “ketmoni uchmay” qoladi.

Yangiobod tumani ichki ishlar bo‘limiga umumiy qiymati 65 million so‘mlik bo‘lgan 2 bosh ot o‘g‘irlangani haqida shu tuman Yangiobod shaharchasi fuqarolar yig‘inida yashovchi otlarning egasi ma’lum qilgan edi.

Ichki ishlar organi xodimlaridan tashkil topgan tezkor guruh a’zolari ot o‘g‘rilarini Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi mol bozorida sotish maqsadida savdolashib turgan vaqtida qo‘lga oladi.

Xalqimizda, “buzoqning yugurgani somonxonagacha”, degan naql bor. O‘g‘rilarning borar joyi esa...

Shunday qilib ot o‘g‘rilari, jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ushbu o‘g‘rilik jinoyati bo‘yicha tergovgacha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

A.Qayumov, O‘zA