Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘g‘rilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:10 / 2023-01-20

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, fuqaro U.Q. o‘ziga tanish bo‘lgan K.Sh. va M.U. bilan jinoiy til biriktirib, Xo‘jaobod tumanidagi Yangi Farg‘ona mahallasi hududida joylashgan “Milliy taomlar” oshxonasida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi T.M.ning qo‘l sumkasidagi umumiy qiymati 558 million so‘mga teng bo‘lgan 50 ming AQSH dollarini hamda narxi 600 ming so‘mlik 1 dona “Huawei” nomli uyali aloqa telefonini o‘g‘rilab, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib yashiringan.

Xo‘jaobod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida o‘g‘rilar qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zaro taqsimlab olgan.  

Mazkur holat yuzasidan  Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoiy guruh ishtirokchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, U.Q. K.Sh. va M.U.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.  

F.Ubaydullayev, O‘zA