French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘g‘rilar qo‘lga olindi
20:15 / 2026-02-13

“Mo‘ynoq” aerodromiga tegishli bo‘lgan taxminan 600 metr qiymati 108 million so‘mlik mis kabel o‘g‘irlab ketilgan.

Joriy yilning 7-fevral kuni soat 17:00 larda Nukus shahri “Ishbilarmonlar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ochiq maydonda misni kabeldan ajratib olish maqsadida yoqayotgan vaqtida, xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari serjant I.Aminjonov hamda kichik serjant Sh.Mirzayev tomonidan ushlandi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Mo‘ynoq tumani Ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda topshirildi. Surishtiruv davomida fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilganda ular 30 yoshli N.K., A.T. va 24 yoshli M.K. ekanligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.