English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OGOHLIKKA DAʼVAT: Toshkent viloyati fuqarolari diqqatiga!
18:00 / 2020-07-29

Maʼlumki, Oʻzbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan.


Maʼlumki, Oʻzbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari 15-avgustga qadar uzaytirilgan. Shuningdek, respublikamizda qurbon hayiti nishonlanadigan 31-iyul, 1-2-avgust kunlari hamda 8-9-avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida avtotransport vositalarining, yoʻnalishsiz taksilarning harakati toʻliq toʻxtatiladi. 

Mazkur cheklov mamlakatdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, shuningdek, aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarga asoslangan holda Toshkent viloyati fuqarolaridan (piyoda, yoʻlovchi va haydovchilar) karantin talablariga qatʼiy amal qilishini soʻrab qolamiz. Shu kuni viloyatning barcha postlarida kuchaytirilgan tarzda xizmat olib boriladi. Oʻzingizni ham, maskanlarda xizmat olib borayotgan xodimlarni ham noqulay vaziyatga qoʻymaslik uchun uyda qolishingizni soʻraymiz.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.