French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OGOHLIKKA DAʼVAT: 620 gramm marixuanna ushlandi
18:59 / 2020-06-01

Pandemiya davrida yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ham tunu kun mehnat qilmoqda.


Pandemiya davrida yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ham tunu kun mehnat qilmoqda. Ular hamisha hushyor. Huquqbuzarlikka moyil insonlar esa shunday masʼuliyatli vaqtda ham jinoiy harakatlarini davom ettirishga, huquq posbonlarini chalgʻitishga harakat qiladi.

Ammo buzoqning yugurgani somonxonagacha...

“Qoradori-2020” profilaktik tadbiri doirasida 20-may kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani IIB YHXB boshligʻi, katta leytenant T.Zokirov YHXB inspektori S.Jumayev bilan hududda xizmat vazifasini oʻtash davomida xatti-harakati bilan shubha uygʻotgan shaxsni toʻxtatib, tekshirib koʻradi. Bir necha guvohlarni taklif etib, fuqaroning qoʻlidagi xalta koʻzdan kechiriladi. Tekshiruv xodimlarning shubhasi bejiz emasligini koʻrsatdi. Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1988-yilda tugʻilgan J.A.ning xaltasidan hoʻl holdagi, yashil rangli va oʻtkir hidli oʻsimlik topildi.

Xodimlar fuqaroni ashyoviy dalillar bilan birgalikda tuman IIBga olib boradi. EKBning sudga oid kimyoviy ekspertizasi mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda ushbu yashil oʻsimlik 620 gramm marixuanna giyohvandlik moddasi ekani aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqoʻrgʻon tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB
Axborot xizmati.