Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ogohlikka chorlovchi "O‘t qo‘yuvchilar"
14:45 / 2023-02-25

Bahodir Yo‘ldoshevning "Diydor" yoshlar eksperimental teatr-studiyasida "O‘t qo‘yuvchilar" nomli spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Shveysariyalik adib Maks Frishning  "Biderman va o‘t qo‘yuvchi" pesasi asosida rejissyor Barzu Abdurazzoqov tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl go‘yoki tomoshabinga ko‘zgu tutgandek bo‘ladi.  

Garchi spektakl kulguli epizodlar bilan boshlansa-da, aslida bu tomoshani kulguga yo‘g‘rilgan fojia, deb  atash to‘g‘riroq bo‘lar edi. Asar qahramonlari tomoshabinga go‘yo ko‘zgu tutgandek, turli vaziyatlarda ular xatti-harakati qay yo‘sinda kechishi mumkinligini go‘yo avvaldan aytayotgandek bo‘ladi.   

Anchagina ziyoli bo‘lgan insonning uyiga daydi va betayin kishi ko‘chadan betakalluf suqilib kirib, xonadon egalarini o‘z firiblariga "mahliyo etadi". Uyiga suqulib kirgan bu odamni xonadon egalari dastlab uydan quvib chiqarmoqqa tayyor bo‘ladilar... Voqealar shu tarzda kechadiki, spektakl yakunida uyga suqulib kirib olgan daydilar oxir-oqibatda o‘zlariga boshpana bergan bu xonadonga o‘t qo‘yib, yoqib yuborishga ahd qiladilar.  

Asardan xulosa shuki, haddan ziyod beparvolik, o‘zibo‘larchilik, beg‘amlik, sermulozamatlik odamlarni fojiaviy holatlarga yetaklashi muqarrar.  

Spektaklda asosiy rollarni Farhod Abdullayev, Xurshida Arabshoyeva, Iroda Qosimova,  Yulduz Rajabova, Jo‘rabek Arziyev, Jo'rabek Arziyev, Anvar Hamroqulov va boshqa aktyorlar ijro etgan.  

Sahnalashtiruvchi rejissyor - Barzu  Abdurazzoqov, rassom -  Dono G‘aniyeva, liboslar bo‘yicha rassom Sevara Zunnunova, adabiy maslahatchi - Nigora Umarova. Spektakl badiiy rahbari - Bobur Yo‘ldoshev.  

N.Usmonova, O‘zA