Ogoh bo‘ling: Firibgarlar ism-sharifingiz bilan murojaat qila boshladi (+video)
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga o‘z ism-sharifi bilan murojaat qilgan holda, “MIB muhri tushirilgan qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirish xati” va APK fayllar yuborilmoqda.
Bunday xabarlar fishing va zararli dasturlarni tarqatish uchun xizmat qiladi.
Agar sizdan shunday fayl yoki xat kelsa:
• Hech qachon APK faylni ochmang yoki o‘rnatmang;
• Shaxsiy ma’lumotlaringizni bermang;
• Rasmiy manbalardan haqiqiy ma’lumotni tekshiring;
• Har qanday shubhali xabarni olib tashlang va kiber xavfsizlikni ta’minlang.
Yunusobod tumani IIO FMB ATSJOOB katta inspektori, katta leytenant — Bobur Ibragimov bu yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YUhfeoG3wNE" title="Ogoh bo‘ling: Firibgarlar ism-sharifingiz bilan murojaat qila boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA