“Adolat” SDP tashabbusi bilan tashkil qilingan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” targ‘ibot aksiyasi doirasidagi navbatdagi tadbir Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazildi.
Tadbirda partiya Siyosiy kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari Gulnoraxon Abduvohidova, Tohir Polvonov hamda huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari qatnashib, turli ko‘rinishdagi kiberfiribgarliklardan ehtiyot bo‘lish lozimligini qayd etdi.

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni zamonaviy aldov usullaridan xabardor qilish orqali ularning manfaatlarini jinoiy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan mazkur aksiya kiberfiribgarliklar haqida keng tushunchalar berishda muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda bugun internet tarmog‘idan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyat turlari oshib borayotgani, bu har doimgidan ham hushyor bo‘lishni taqozo etayotgani ta’kidlandi.

Yoshlarga kiberfiribgarlikning mazmun-mohiyati ochib berilgan tarqatma metariallar tarqatildi.
M.Komilova, O‘zA