O‘g‘it tannarxini 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi
Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Yer va suv resurslari cheklangan sharoitda qishloq xo‘jaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.
Lekin, tannarxini kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.
Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, o‘g‘it tannarxini 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
O‘zA