Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir yuk tashuvchilar uchun yangi tartib: ruxsatsiz harakat endi qimmatga tushadi
10:27 / 2025-10-29

So‘nggi yillarda mamlakatimizda yuk tashish hajmining ortib borishi bilan bir qatorda, og‘ir tonnali transport vositalarining yo‘llarga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri ham kuchaymoqda. Natijada, avtomobil yo‘llarining tezda ishdan chiqishi, harakat xavfsizligining pasayishi kabi muammolar yuzaga kelmoqda.

Shu bois, hukumat tomonidan og‘ir va yirik hajmli yuk tashuvchilarning harakatini tartibga solish hamda yo‘l infratuzilmasini uzoq muddat xizmat qilishini taminlash   maqsadida yangi tartib joriy etildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 28 oktyabrdagi 710-son qaroriga binoan, ruxsatsiz yoki belgilangan me’yorlardan ortiq yuk bilan harakatlangan transport vositalari yo‘l qoplamasiga yetkazgan zararni quyidagi miqdorlarda qoplaydi:

50 tonnagacha — bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi;

80 tonnagacha — 1 barobari;

80 tonnadan ortiq — 3 barobari miqdorida, har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun.

Agar bosib o‘tilgan masofani aniqlashning iloji bo‘lmasa, zarar 200 kilometr uchun hisoblanadi.

Yangi tartibga ko‘ra, yo‘llarga yetkazilgan zarar Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan undiriladi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, og‘ir yuk ortilgan transport vositalarining ortib borayotgan harakati avtomobil yo‘llarining tezroq harakat uchun yaroqsiz holatga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, yangi tizim yo‘llarni asrash, ularning xizmat muddatini uzaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Hamroz Bayanov,

O‘zA