Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir yuk avtomobillari harakatida vazn va hajm me’yorlari nazoratga olindi
14:43 / 2026-01-17

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Transport vositalarining vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘limi tomonidan yuk avtomashinalarining belgilangan vazn hamda hajm parametrlariga amal qilishi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat hududida avtomobil yo‘llari tarmog‘ini saqlash hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, shuningdek, avtomobil yo‘llarida katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida belgilangan vazn va hajm parametrlariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida xalqaro ahamiyatga ega A–373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lining Xo‘jaobod tumani hududida yuk avtomobillarining og‘irligini nazorat qiluvchi mobil tarozi o‘rnatildi.

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida yirik va og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining belgilangan vazn va hajm me’yorlariga mosligi hamda ularning tegishli ruxsatnomalarga ega ekanligi, harakat xavfsizligi talablariga amal qilishi atroflicha o‘rganilmoqda. 

O‘rganishlar davomida belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk ortib olgan yuk avtomashinalari egalariga amaldagi tartiblar doirasida choralar ko‘rilmoqda. 

Ushbu tekshiruvlar avtomobil yo‘llarining saqlanishini ta’minlash, yo‘l qoplamalariga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qilmoqda.

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA