Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir kasallikka chalingan yurtdoshimizga yordam ko‘rsatildi
10:55 / 2021-05-24

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, vakolatli tashkilotlar va saxiy insonlar ko‘magida pandemiya sharoitida xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, ularni Vatanga qaytarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida og‘ir kasallikka chalinib, moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan samarqandlik hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Vladivostok shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Vostok-Buxara” mas’uliyati cheklangan jamiyati moliyaviy ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasining tashkiliy-huquqiy yordami bilan Vladivostok-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha tashkillashtirilgan charter reys orqali bepul O‘zbekistonga olib kelindi.