Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachimiz faxriylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
17:57 / 2024-09-09

Finlyandiyaning Rovaniyemi shahrida og‘ir atletika bo‘yicha faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtimiz munosib natijaga erishdi.

Jahon chempionatining -96 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Vyacheslav Bryukov dast ko‘tarishda 105 kg., siltab ko‘tarishda 130 kg. va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 235 kilogramm og‘irlikdagi toshni bo‘ysundirib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozimki, hamyurtimiz ushbu vazn toifasida Avstraliya, Buyuk Britaniya va Finlyandiya sportchilari bilan kuch sinashib, ularni dog‘da qoldirdi. Faxriy sportchimiz sharafiga Finlyandiya sport maydonida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz  yangradi.

T.Ro‘ziyev. O‘zA