Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi yo‘llanmalari soni 3 taga yetdi
12:40 / 2024-06-22

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan iste’dodli sportchimiz Tursunoy Jabborova to‘g‘risida xabar yo‘lladi.

Xabarda -81 kilogramm vaznda yozgi Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalarida “Parij-2024” medallari uchun kurashadigan sportchilar ro‘yxatiga milliy terma jamoamiz a’zosi Tursunoy Jabborova kiritilgani e’tirof etilgan.  

Darhaqiqat, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining xalqaro darajadagi manfaatli hamkorlik aloqalari samarasida Qashqadaryo viloyati og‘ir atletika maktabi tarbiyalanuvchisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari sport jamiyati a’zosi, jahon chempioni Tursunoy Jabborova “Parij-2024”ning alohida iqtidorli sportchilar uchun ajratiladigan Olimpiya yo‘llanmasi sohibi bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalari uchun 120 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, ikki yil davomida 200 dan ziyod davlatning sportchilari saralash turnirlarda qatnashdi.  

Tursunoy Jabborovaning muvaffaqiyati tufayli o‘zbekistonlik 3 nafar og‘ir atletikachi “Parij-2024” supachasida Olimpiada medallari uchun kurash olib borish huquqiga ega bo‘ldi.  

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA