Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimizning Doha turniridagi medallari soni 11 taga yetdi
11:10 / 2025-12-24

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan “10th Qatar Weightlifting Cup” turnirining to‘rtinchi kungi musobaqalari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston og‘ir atletikachilarining umumiy medallari soni 11 taga yetdi.

Kecha xalqaro turnirning o‘tkazilgan bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ziyoda Xudoyqulova –63 kilogramm vazn toifasidagi murosasiz bahslarda o‘z irodasini namoyish etdi.

Mahoratli og‘ir atletikachi qizimiz Ziyoda Xudoyqulova dast ko‘tarish bahslarida 90 kg. og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi. Siltab ko‘tarish mashqida 110 kilo natija qayd etib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Ikki kurash yakunlariga ko‘ra esa 200 kg. ko‘rsatkich bilan yana bir bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bu, o‘z navbatida Ziyoda Xudoyqulova qo‘lga kiritgan 2 ta bronza, shuningdek  Adhamjon Ergashev, Munisa Odilova, Nigora Abdullayeva tomonidan qo‘lga kiritilgan 9 ta medallar jamlanmasi hisobiga O‘zbekiston terma jamoasining umumiy sovrinlari soni 11 taga yetdi.

30 dan oshiq davlatning og‘ir atletikachilari ishtirok etayotgan xalqaro musobaqa 27 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA