Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini 5 ta medal bilan yakunladi
07:52 / 2022-12-17

Kolumbiyaning Bogota shahrida jahon chempionatining so‘nggi kunida og‘ir atletikachilar eng og‘ir vazn toifasi +109 kilogrammda sovrinli o‘rinlar uchun musobaqalarda qatnashdi.

Dastlab chempionatning “C” va“B” guruhlarida ishtirok etayotgan sportchilar, undan keyin “A" guruhidan joy olgan jahon og‘ir atletikasining yetakchi vakillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning “A” guruhidan joy olgan Tokio olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni va rekordchisi Akbar Jo‘rayev bahslar oldidan o‘tgan taqdimot marosimida ishtirok etdi. So‘ng chempionatning rasmiy bahslariga qatnashish uchun belgilangan mashg‘ulot maydonida mashqlarni bajarishga kirishdi.
Taassufki, jahon chempionati supasiga chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maydonchasida Akbar Jo‘rayev kichik texnik jarohatga chalindi. Oqibatda jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining shifokorlar komissiyasi va terma jamoa shifokori xulosasiga binoan hamyurtimizga chempionatning rasmiy bahslarida qatnashishiga ruxsat berilmadi.

Akbar Jo‘rayevning o‘tgan yilgi Tokio olimpiadasi va Toshkentda o‘tgan jahon chempionatlarida olgan jarohatlari texnik jarohatni keltirib chiqargan, baxtsiz tasodif tufayli jahon chempionati medallari uchun kurashga kirisha olmagan bo‘lsa-da taqdimot marosimida qatnashishi o‘z navbatida Parij-2024 uchun ma’lum talabni bajarishini ta’minladi.

Boisi, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan tasdiqlagan talabga ko‘ra, Parij-2024ga  nomzod sportchi olimpiya siklidagi beshta musobaqada qatnashishi talab etiladi.

Shu tariqa, terma jamoamiz a’zolari mazkur jahon chempionatini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari va Parij-2024 Olimpiadasining zarur reyting ochkolarini qo‘lga kiritgan holda yakunladi. 

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA.