Og‘ir atletikachilarimiz Eronda harbiylar o‘rtasidagi turnirda qatnashmoqda
Bugun, 1 noyabr kuni Eronda harbiy sportchilar o‘rtasida “1st Military Weightlifting Challenge” xalqaro turniri boshlanadi.
Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlarining g‘olib va sovrindorlari, dunyo rekordlarini o‘rnatgan mahoratli og‘ir atletikachilar qatnashadigan mazkur turnir bahslari yakkalik va jamoaviy tarzda tashkil etiladi.
Nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi ilk bor jahon va Olimpiya chempioni, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Ruslan Nuriddinov murabbiyligida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
6 noyabrga qadar davom etadigan harbiy sportchilar o‘rtasidagi musobaqada g‘olib va sovrindorlarga maxsus sovrinlar va “Fair Play” kubogi topshiriladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA