Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Og‘ir atletikachilarimiz Baxraynda g‘oliblik uchun bahs olib boradi
10:22 / 2022-10-06

Bugun, 6 oktyabr kuni og‘ir atletika bo‘yicha tajribali mutaxassis Jo‘rabek Zoirov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasining 15 nafar sportchisi Bahrayn poytaxti Manama shahrida o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 8-16 oktyabr kunlari tashkil etiladigan ushbu chempionatda 36 ta davlatning 400 nafarga yaqin sportchisi ishtirok etish uchun talabnomalar taqdim etgan.

Mazkur qit’a chempionatida Doston Yoqubov, Adhamjon Ergashev, Sarvarbek Zafarjonov, Muhammadqodir Toshtemirov, Tursunoy Jabborova kabi tajribali sportchilar qatorida Qurbonmurod Namozov, Sharofiddin Amriddinov, Og‘abek To‘xtayev, Nigora Abdullayevadek mahoratli yoshlar chempionatning sovrinli o‘rinlari uchun bahs olib boradi.

Ushbu musobaqa doirasida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrullo Mahmudov qit’a og‘ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mita a’zosi sifatida qatnashadi.

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA